Maruza matnlari
Reja:
1.
Fanning
maqsad va vazifalari.
2. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillar.
3. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari.
4. Horijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni.
5. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar.
6.
Boshqa fanlar bilan
bog’liqligi.
1. Axborot texnologiyalarining rivojlanish omillar
XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot
texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy
olgan. Hozirda qanday soha bo’lmasin, uni axborot texnologiyalarisiz tasavvur
qilib bo’lmaydi. Xo’sh, axborot
texnologiyalari o’zi nima?
Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon
yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat
jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta
ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar
bir-biri bilan aloqaga kirish uchun
turli bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. Lekin hozirgi
kunda barchamiz kompyuter, mobil aloqa vositalari, Internet va telekommunikasiya
vositalaridan foydalanar ekanmiz ushbu texnologiyalarining markaziy qismi
hisoblash mashinasi bo’lganligi sababli axborot texnologiyalarini torroq
ma’noda, kompyuter axborot texnologiyalari ma’nosida ishlatganimiz ma’qulroq.
Shundan kelib chiqqan holda, zamonaviy
axborot texnologiyalari – bu kompyuter yordamida axborotni qabul qilish,
saqlash, qayta ishlash va uzatishning usul va uslublaridir.
Axborot
texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi
omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar - bu axborotning paydo bo’lishi
(yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish,
ularni jamlash, uzatish, saqlash imkoniyatidir.
Tashqi omillar - bu axborot
texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli
vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishiga bir tomondan ularning texnik va
dasturiy yechimlarida yangidan yangi g’oyalar bo’lsa, boshqa tomondan
foydalanuvchilarga ularning ma’qul kelishi sabab bo’lmoqda. Masalan, mobil
aloqa. Hozirgi kunda mobil aloqa vositalari
ekranga va virtual klaviaturaga ega bo’lib, kompyuter, faks apparati, telefon
apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko’p maqsadli abonent
tizimiga aylanmoqda, ularning imkoniyatlari kundan-kunga kengaymoqda, mobil
aloqa vositalariga xizmat qiluvchi tizimlar jadal suratlarda rivojlanib
bormoqda. Mobil aloqa vositalalari rivojlanishi bilan birga mobil aloqa muhiti
ham rivojlanib bormoqda.
Mobil aloqa muhiti –
tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo’lib,
abonentlarning bir-birlari bilan o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi
texnik-dasturiy vositalar majmuasidir.
Mobil aloqa xizmati operatorlari
– abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi
tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat
ko’rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o’zining mobil tarmog’ini tashkil
qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to’lovlarini
yig’ish va texnik xizmat ko’rsatish kiradi. Hozirgi paytda O’zbekiston hududida
5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko’rsatmoqda, ular - UMS, Bilayn, Ucell,
Perfektum Mobayl, O’zbektelekom Mobayl. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan
bugungi kunda mobil so’zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet va boshqa turli
xizmatlar ko’rsatilmoqda.
Hozirgi kunda mobil telefonlarning
va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki,
ular funksional vazifalari jihatidan shaxsiy kompyuterdan qolishmaydi. Bunday
mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash,
videoklip tomosha qilish, o’yinlar o’ynash, hatto radioeshittirish va
televideniyedan ham bahramand bo’lish mumkin. Foydalanishda esa hajmi
kichikligi va bejirimligi tufayli kompyuterdan ancha afzaldir. Ularning ba’zi
turlarini ko’rib chiqaylik:
Smartfon
(smartphone) inglizchadan «aqlli telefon» ma’nosini anglatadi. Funksionalligi
jihatidan cho’ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo’lgan mobil telefon. Unda
cho’ntak kompyuterining barcha imkoniyatlari mujassam topgan.
iPhone - to’rt
diapazonli multimediyali smartfonlar. iPhone
o’zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va
Internet planshetlarning asosiy vazifa(funksiya)larini ham qamrab olgan.
Internet planshetlar – bu maxsus mobil
qurilma bo’lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar
(masalan: iPad) tashqi ko’rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi.
Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo’lib, boshqa qo’shimcha
qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual ko’rinishda tashkil etilgan.
Planshetlar to’liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan
foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.
Axborotlarni uzatish yaqin patylargacha Bluetooth, SMS va MMS
texnologiyalari yordamida amalga oshirilgan bo’lsa, hozir asosan
Messengerlardan, ayniqsa ommalashib ketgan Telegrammdan foydalnilmoqda. Mana
shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari tez rivojlaniyotganligidan
dalolat beradi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar
auditoriyasiga ta’sir etishini Web-texnologiyalari misolida ko’rishimiz mumkin.
Masalan, Web.1 muhitida foydalanuvchilar Internetdagi ma’lumotlarni faqat o’qishi (yoki ko’chirib olishi) mumkin
edi. Web.2 muhitida esa foydalanuvchi o’zi forum yoki konferensiyalar tashkil
etishi, o’zining blogini e’lon qilishi, elektron resurslarni yaratib (m-n,
rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan birgalikda ijtimoiy
tarmoqlar yaratishi mumkin. Hozirgi kunda har qanday davlatning qudrati
qandaydir ma’noda Internet makonida milliy Internet-resurlarining ko’lami
bilan, boshqa milliy resurslarga nisbatan ko’proq bo’lishi, kezi kelsa, butun
jahon tarmog’ida taniqliroq bo’lishi bilan bog’liq bo’lib qoldi. Web.2
texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik ko’payib
ketdiki, sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammoga aylandi.
Kerak bo’lsa, Internet – ong uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa
yoshlarning endi shakllanib borayotgan ongiga Internet orqali ta’sir ko’rsatish
g’arazli kuchlarga juda qo’l kelmoqda. Bizning mentalitetimizga zid bo’lgan
ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da’vatlar shular qatoridadir. Shuning uchun,
bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta’sirlarga qarshi immunitetni
shakllantirish muhum bo’lsa, boshqa tomondan milliy Internet resurslarni
yetarli darajada ko’paytirish zarurdir. Sifatli elektron resurslarni saralab
beruvchi tizimlar (miksherlar) hozirgi kunda Web.3 muhitining qiyofasini
belgilab bermoqda. Bundan kelib chiqmodaki, zamonaviy Internet foydalanuvchisi
- bu sifatli elektron resurslarni yaratuvchi va Internetga joylashtiruvchi
shaxs deb qaralishi kerak.
Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.
Hujjat - matn, tovush yoki tasvir
shaklida yozilgan axborot bo’lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va
jamoat tomonidan foydalanish uchun mo’ljallangan moddiy obyektdir.
Hujjatlarni shakliga ko’ra quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
- Matnli
hujjatlar - qog’ozga qo’l yoki kompyuter vositalari yordamida tushirilgan
qandaydir ma’no beruvchi so’zlar ketma-ketligi.
-
Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli
axborot.
-
Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli.
- Elektron hujjat
- elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish
(tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega
bo’lgan axborot.
Elektron
hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot
texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va
saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo’l keladigan bo’lsa,
boshqa tomondan Internetda axborot tizimlarining o’zida bunday imkoniyatlar
mavjud. Bunga Googledagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va
unga o’xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo’laoladi.
Elektron
hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok
etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
2. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
Elektron hujjat almashish
tizimlari O’zbekiston Respublikasining
«Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga binoan quyidagicha
ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya
tizimi orqali jo’natish va qabul qilish jarayonlari yig’indisidir.
Internet tarmog’ida nafaqat hujjat
almashinuvini, balki tijorat ishlarini ham yo’lga qo’yilgan. Elektron tijorat Internet tarmog’idagi
tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini
ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyuter tarmog’idan foydalangan holda harid
qilish, sotish, servis xizmatini ko’rsatishni amalga oshirish, marketing
tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat
to’g’risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va
amalga oshiriladi.
O’zbekistonda AKT sohasida
O’zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 3 ta Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari
hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Quyidagi jadvalda axborotlashtirish
sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar keltirilgan:
Qonunlar
|
Prezident farmonlari va
qarorlari
|
Hukumat qarorlari
|
Axborotlashtirish
to’g’risida (2003y.)
|
Telekommunikasiyalar sohasida boshqaruvni
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida (2000y.)
|
Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to’g’risida (2002y.)
|
Elektron raqamli imzo to’g’risida
(2003y.)
|
Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida (2002y.)
|
Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy
bazani takomillashtirish to’g’risida (2005y.)
|
Elektron hujjat aylanishi to’g’risida
(2004y.)
|
Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini
yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida (2005y.)
|
Davlat va xo’jalik boshqaruvi, Mahalliy
davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan
foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro aloqadorligini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida (2007y.)
|
Elektron tijorat
to’g’risida
(2004y.)
|
O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim
axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida (2005y.)
|
Internet tarmog’ida O’zbekiston
Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida (2007y.)
|
Elektron to’lovlar
to’g’risida
(2005y.)
|
Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan
ta’minlashni tashkil etish to’g’risida (2006y.)
|
Internet tarmog’ida O’zbekiston
Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish
tartibi to’g’risida (2009y.)
|
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risidagi» 2002 yil 30
maydagi PF – 3080 sonli farmoni e’lon qilindi. Bu farmon iqtisodiyotning
turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot
texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy
kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay
shart-sharoit yaratib berishda asosiy qadam bo’ldi.
Bu farmonni bajarish yuzasidan va
axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida strategik ustivor vazifalarni
amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida UzR
Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6- iyunda qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda
2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, XTVdagi umumta’lim maktablar kompyuter bilan ta’minlandi, darsliklar
chiqarildi, malaka oshirish mutaxassislarining har 3 yilda
axborot-kommunikasiya bo’yicha malaka oshirishi ta’minlandi. Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
-AKTni rivojlantirish va joriy etish
masalalari belgilandi;
-O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish
bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;
-Sohada tashkiliy o’zgartirishlar amalga oshirildi (O’zAAA, AKTni
rivojlantirish Jamg’armasi, TATU tashkil etildi.
O’zR Vazirlar
Mahkamasining «Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat
portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 17
dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog’ida
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi
hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot
vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab
berilgan.
O’tgan vaqt
mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to’ldirilib kengaytirib borildi.
Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar
qulayligi uchun do’stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari faoliyati to’g’risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni
joylashtirish bo’yicha ishlar olib borildi.
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab chiqarish va
ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida» PQ – 1041 – sonli qaroriga asosan «Qo’shimcha modullar
(G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga
tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi
Internet tarmog’ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo’yicha joylashtirildi.
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikasiya
texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim tizimiga horijiy ilg’or tajribalarni,
texnologiyalarni jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim sohasining
muhim vazifalardan biri deb sanaladi. Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti va uning filiallariga videokonferensiya aloqa terminallarining
o’rnatilishi yuqori malakali professor-o’qituvchilarining ma’ruzalarini
tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini
ta’minlash, amaliy mashg’ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy
konferensiya, semenar, treninglar, vertual ko’rgazmalarni hamkorlikda o’tkazish
imkonini berdi. Ayni vaqtda filial professor-o’qituvchilari va talabalari VPN
tarmog’i orqali xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega
bo’ldilar.
3. Horijiy tillarni
o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni
Ma’lumki, O’zbekiston
Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib kelinmoqda. Darxaqiqat, har
qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil – kadrlar deb
hisoblanadi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi
asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
O’sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega
bo’lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish
maqsadida chet tillarni o’qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor
vazifalaridan deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2012-yildagi 1875-sonli “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni ushbu yo’nalishdagi
vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili
o’qituvchilarini tayyorlash, ta’limida
axborot va media-texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol
metodlarni qo’llash kabi vazifalar
shular sirasidandir.
Xorijiy tillarni samarali o’qitishda
axborot texnologiyalarining imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog
kadrlarni tayyorlashda uning o’rni alohida. Xorijiy tillarni o’qitishda
qo’llaniladigan axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalarni bilish
bilan birga xorijiy tillarni o’qitishda
multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy
elektron ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha
elektron o’quv kurslarini loyihalashtirish, o’quvchilar bilimini baholash
tizimlari, xorijiy tillarni o’qitishda Internet texnologiyalari, masofaviy
o’qitish texnologiyalari va uni tashkil qilish usullaridan foydalanish, video
konferensiya, ommaviy on-line ochiq kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT
Open Course Ware)ni tashkil etish kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalarining
ta’limga chuqur ta’siri natijasida pedagogika
(ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron
pedagogika kirib kelmoqda. Unda pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va
interaktiv texnologiyalaridan, ta’limda Internet resurslaridan foydalanish,
Internet tarmog’ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va boshqa ta’lim
portallari resurslari bilan ishlash, Internet
tarmog’ida pedagoglarning, talabalarning elektron muloqot muhitida jamoa bo’lib
ishlash, blog, forum va tematik chatlarni tashkil etish, pedagoglarning
tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy, kasbiy
axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida pedagogning
elektron portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta’lim muhitida
pedagogik jarayonni loyihalashtirish, ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash nazarda tutiladi.
Pedagogik faoliyatda amaliy
dasturiy vositalardan foydalanish, ular
yordamida elektron darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya
mashg’ulotlarini yaratish usullarini bilish, Misrosoft Word, Excel, Power Point va boshqa dasturlarida
elektron o’quv-metodik materiallarini yaratish usullariga ega bo’lish bilan
birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari
yordamida elektron didaktik materiallarni yaratish va ta’lim jarayonida
qo’llash chet tili o’qituvchisi mahoratini belgilashning muhim omillaridan deb
hisoblanadi.
4. Fanning maqsad va vazifalari
Yuqoridagilardan
kelib chiqib, “Axborot texnologiyalari” kursining asosiy maqsadi talabaning
kasbiy faoliyati bo’yicha qo’yilgan masalalarni yechishda zarur dasturiy
vositalarni to’g’ri tanlash, olingan bilimlari asosida qo’yilgan masalalarni
yecha olish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan mustaqil foydalana
olish ko’nikmalariga ega bo’lishga qaratilgan.
Talabalarni
zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari asoslari bilan
tanishtirish, erishilgan yutuqlar va axborot texnologiyalarining imkoniyatlari
mohiyatini tushuntirish va ularni ta’lim olish jarayonida amaliy qo’llay olish
fanning asosiy vazifasi deb hisoblanadi.
5. Fan bo’yicha
talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
“Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalarga
quyidagi talablar qo’yiladi:
- zamonaviy
texnika o’qitish vositalari bilan tanishish va ularni amaliyotda qo’llash;
- o’quv
materiallarni tayyorlashda matn va jadval muharrirlaridan samarali usul
sifatida foydalanish;
- ochiq
va yopiq kompyuter operasion tizimlari bilan tanishish;
- mobil
aloqa operasion tizimlari bilan tanishish;
-
bevosita va on-line ta’lim uchun taqdimotlar yaratish;
- o’quv
grafik obyektlarini yaratish asoslarini egallash;
- o’quv animatsiya roliklarini
yaratish vositalaridan foydalanish;
- mualliflik o’quv audio va video
materiallarni yaratish va ularga ishlov berish;
- blog,
forum, virtual sinf, Web muhitida hamkorlik ta’lim proyektlarini tashkil etish;
- o’quv on-line
kurslarini tashkil etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish;
-
ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash.
6. Boshqa fanlar bilan bog’liqligi
“Axborot texnologiyalari” fani
belgilangan reja asosida, 2- va 3- semestrlarda o’qitiladi.
Talabalarning ushbu fandan olgan bilimlari mutaxassislik fanlarini zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanib o’rganishda va mustaqil ishlarni
bajarishda kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari, MS Office
tizimlarining imkoniyatlari, elektron darsliklar, Internet tarmog’i va elektron
axborot resurslaridan hamda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishda qo’l
keladi.
“Axborot texnologiyalari” fanining
o’quv reja va ishchi dasturi chet
tillarning “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti” fani ishchi rejasi bilan
muvofiqlashtirilgan. Unga ko’ra “Axborot texnologiyalari”gi deyarli barcha
mavzular “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti”dagi muvofiqlashtirilgan mavzulardan
oldin keladi va ularni samarali o’zlashtirishga asos bo’ladi. Fan mavzulari
bo’lajak chet tili o’qituvchilariga turli axborot texnologiya vositalari
yordamida elektron resurslarni yaratish va ularga ishlov berish malakasi
shakllantiriladi. Bunda asosan, amaliy
dastur va Internet tizimi xizmatlaridan foydalanish o’rgatiladi. Elektron
resurslarni yaratish jarayonida mavzularni to’g’ri tanlash, resursning
ssenariysini tuzish, kutilayotgan natijalarni va resursning strukturasini
didaktik nuqtai nazardan to’g’ri shakllantirish, darsda ulardan samarali
foydalanish yo’llari va shu kabi muammolar talabani til o’qitish metodikasini
chuqurroq o’zlashtirishga undaydi, motivasiya hosil bo’ladi.
“Axborot texnologiyalari” fani
“Pedagogik texnologiyalar” fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Oxirgi paytlarda
olim va amaliyotchilar orasida “Elektron pedagogika” atamasi keng muhokama
etilmoqda. Pedagogikaning bir qismi sifatida uning maqsad va vazifalari,
predmeti va mavzusi shakllantirilmoqda.
“Ijtimoiy fanlar” turkumiga
kiruvchi fanlar Internet tarmog’ida yoshlarning ongiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning
oldini olish, cheklash, muqobil virtual muhitni yaratishning ijtimoiy-siyosiy
asoslarini shakllantiradi.
Hozirgi davrda axborot
texnologiyalari va turmushimizning barcha sohalar bir-biriga ta’sir etgan holda
rivojlanayotganligi kabi “Axborot texnologiyalari” fani ham oliy ta’lim
tizimidagi barcha fanlarga ijobiy ta’sir etmoqda va ularning ta’sirida
rivojlanmoqda.
“Axborot texnologiyalari” fani
boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’qitilishi bilan bir qatorda bakalavr va
magistratura talabalarining kurs va diplom ishlarini tanlashda axborot
texnologiyalarining til o’qitish metodikasiga jadal yo’naltirishda ham yordam
beradi.
Комментарии
Отправить комментарий